“Flamengo” "Liverpul” sobiq forvardini sotib olmoqchi

Alisher Ostonov
7 fev 2026
Braziliyaning "Flamengo" klubi 26 yoshli urugvaylik hujumchi Darvin Nunes bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

"Flamengo" allaqachon hujumchiga egalik qiluvchi Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan aloqaga chiqqan. Ammo, braziliyaliklarni futbolchining katta maoshi o'ylantirmoqda, shu bois transfer amalga oshmasligi mumkin. Gap qanday summa haqida ketayotgani insayderlar tomonidan ma'lum qilinmagan.

Parallel ravishda "Flamengo" "Tottenxem"ning 28 yoshli braziliyalik hujumchisi Risharlisonni kuzatib bormoqda. Avvalroq, hujumchi o'z vatanida "Fluminense" sharafini himoya qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: UOL