

Saudiya klubi 26 yoshli hujumchining transferini e'lon qildi. Tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq, inglizlar urugvaylik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 65 million evro olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nunes o'tgan mavsum APLda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.




