"Liverpul" darvozaboni haqidagi xabarlar yolg'on bo'lib chiqdi

"Liverpul" darvozaboni Alisson Beker aprel oxirigacha tiklanib maydonga qaytishini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi mart oyining ikkinchi yarmida jarohat olgan edi.

"Menda yangi jarohat yo'q. Men davolanmoqdaman va reja bo'yicha aprel oxiriga to'liq o'yin holatiga qaytishim kerak", - deb yozgan Alisson o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.

Joriy mavsumda 33 yoshli darvozabon "Liverpul" safida barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, ulardan 13 tasini "quruq" o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq braziliyalik darvozabon jarohati sababli mavsumda boshqa maydonga tushmasligi va JCHni o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.


Manba: Sky Sports