Fevzi Davletov: "Qizilqum" ikki taym davomida pozicion himoyalandi"

Alisher Ostonov
4 avg 2025, 10:38
Superliga 16-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin biz kutgandek bo'ldi. "Qizilqum" ikki taym davomida pozicion himoyalandi, ammo tanaffusdan so'ng etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldik. Ayniqsa standart vaziyatlarda. Bizga biroz agressiya yetishmadi. Sekin o'ynadik. Raqib ham tartibli himoyalandi. Realizaciya yana pand berdi" - dedi Fevzi Davletov bugungi bahs haqida.

- Maydon markazi umuman ishlamagandek. Ushbu kamchilikni to'g'rilash ustida ish olib boriladimi?

- Albatta, bugun maydonda harakat qilgan yigitlarimiz bilan mavsumni yakunlab qo'yamiz. Barchasi ushbu yigitlarga bog'liq. Ushbu kamchilikni ham bartaraf etamiz.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia