

"BBC studiyasidagilar bilan qanaqasiga eng yaxshi penalti tepuvchini oxirgisiga qo'yish mumkinligi haqida o'yladik. Ko'plab holatlarda so'nggi zarba beruvchiga ish qolmaydi. Hozir futbol o'zgargan. Neymar ham men zarba berganimda edi, deb o'ylagandir", - dedi Ferdinand.
Eslatib o'tamiz, so'nggi zarbani beruvchi Neymarga ish qolgani yo'q. Markinosning zarbasidan keyin Braziliya mag'lubiyatga uchradi va jahon chempionatini tark etdi.


