Fakt: "Neftchi" o'z maydonida "Lokomotiv"ni 15 yildan buyon mag'lub eta olmayapti

Mirjalol Normatov
19 mar 2026
Ertaga Superliganing 4-turi doirasida "Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvi o'tkaziladi.

Ushbu uchrashuv oldidan bir qancha qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o'tamiz:

- 32 o'zaro o'yinlarda "Loko" 16, "Neftchi" esa 9 marta g'alaba qozongan. 7 bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.

- "Neftchi" so'nggi marta "Lokomotiv"ni o'z maydonida Superligada 2010 yilgi mavsumda - 2:1, Kubokda esa 2012 yilda 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

- Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 5 o'zaro o'yinda "Neftchi" 2, "Loko" 1 marta g'alabaga erishgan. 2 bahsda durang qayd etilgan

- Farg'onada o'tgan so'nggi o'zaro o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.

- 2024 yilgi mavsum so'nggi turidagi o'zaro o'yinda "Neftchi" 3:2 hisobida g'alabaga erishib, "Lokomotiv"ni Pro-ligaga ravona qilgan

- O'sha uchrashuvda gol urgan barcha futbolchilar Ivan Rogach, Sardor Abdunabiev, Abbos G'ulomov, Bilolxon Toshmirzaev va Sanjar Qodirqulov hozir "Loko"da ham, "Neftchi"da ham emas

- "Lokomotiv" o'tgan mavsumda Pro-ligada, "Neftchi" esa Superligada g'olib bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia