Fabio Kannavaro Akmal Mozgovoy va Otabek Shukurov o'yinini stadiondan tomosha qildi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2026, 00:28
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro milliy jamoa futbolchilari o'yinini kuzatish uchun BAAga bordi.

Terma jamoa ustozi bugun BAA Pro ligasining 10-turi doirasida bo'lib o'tgan "Al Dafra" - "Bani Yas" bahsini stadiondan tomosha qildi va o'zbekistonlik futbolchilar Otabek Shukurov hamda Aklmal Mozgovoy o'yinini kuzatdi.

"Bani Yas" sharafini himoya qilayotgan Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoylar g'alabaga erishishdi (2:0). Shukurov bahsni asosiy tarkibda boshlab, bitta golga assistentlik qildi, Mozgovoy zaxiradan o'yinga qo'shildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz