"Bu sport fojiasi!": Fabio Kapello Italiyaning JCH-2026dan quruq qolgani haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Italiyalik tajribali mutaxassis Fabio Kapello milliy terma jamoaning Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganiga o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Jennaro Gattuzo shogirdlari hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi bor mundialsiz qolishdi.

"Bunday tarix va obro'ga ega jamoa uchun bu holat mutlaqo qabul qilib bo'lmasdir. Butun kecha uxlay olmay chiqdim, bo'lgan voqeaga hali ham ishona olmayapman.

Biz to'rt karra jahon chempioni bo'lgan jamoa haqida gapiryapmiz. Bu shunchaki mag'lubiyat emas, bu - sport fojiasi va sharmandalik! Bu Italiya futbolining yaqin tarixidagi eng dahshatli voqealardan biridir", - dedi Kapello.

Italiya futboli afsonasining bu so'zlari mamlakatdagi umumiy kayfiyatni ifodalamoqda. Eslatib o'tamiz, italyanlar oxirgi marta 2014 yilda Jahon chempionatida ishtirok etishgan va shundan beri asosiy turnir saralashlaridan o'ta olishmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca