FIFA Series. O'zbekiston Gabonni mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026
Fabio Kannavaro qo'l ostidagi O'zbekiston MTJ FIFA Series doirasida Gabon bilan to'qnash keldi.

FIFA Series

O'zbekiston – Gabon 3:1

Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00

Gollar: 0:1 – 6, Teddi Averlant, 1:1 – 13, Eldor Shomurodov (Aziz G'aniev), 2:1 – 59, Jahongir O'rozov, 3:1 – 90+4, Alisher Odilov

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov (20.Behruz Karimov, 76), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov (22.Umarali Rahmonaliev, 90+2), 9.Odil Hamrobekov (6.Akmal Mozgovoy, 76), 10.Aziz G'aniev (17.Doston Hamdamov, 76), 11.Oston O'runov (18.Alisher Odilov, 76), 13.Sherzod Nasrullaev (4.Farruh Sayfiev, 90+2), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev, 88), 15.Umar Eshmurodov, 24.Jahongir O'rozov.

Zaxira: 12.Abduvohid Ne'matov, 16.Botirali Ergashev, 8.Jamshid Iskanderov, 19.Ibrohim Ibragimov, 23.Muhammadrasul Abdumajidov, 25.Muhammadqodir Hamraliev, 26.Sherzod Temirov.

Gabon: 16.Fransua Bekale, 3.Nze Bagnama (8.Noa Lemina, 82), 4.Yoxan Obiang, 6.Teddi Averlant (Edlin Matouti, 82), 7.Urie Mbula, 10.Shevi Babika, 13.Omfia Mik, 18.David Sambissa (9.Ben Kabinambele, 46), 21.Jeremi Oyono, 25.Dide Ndong.

Ogohlantirish: Kanga (69)

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Odilov qarshi hujumda raqibni jazoladi!

90+3.O'rozov jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

90+2.O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish.

90.Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

88.O'zbekiston tarkibida o'zgarish.

82.Gabonda ikki o'zgarish.

79.Shomurodovning zarbasidan so'ng darvozabondan qaytgan to'pni Hamdamov yaqin masofadan darvozaga to'g'rilay olmadi.

28840 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvni stadiondan kuzatmoqda ekan.

76.O'zbekiston tarkibida 4 ta o'zgarish.

70.Zarba! O'runov deyarli birga-bir vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Burchak to'pi.

69.Gabon sardori Kangaga sariq kartochka ko'rsatildi.

64.Raqib jarima maydoni yaqinida O'zbekiston jarima to'pi ishladi.

59.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Burchak uzatmasidan so'ng Shomurodov bosh bilan zarba yo'lladi, darvozabonlan qaytgan to'pni O'rozov raqib darvozasiga joylashda muammoga duch kelmadi.

56.Zarba! Shomurodovning pasidan so'ng O'runov yo'llagan zarba darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

55.G'anievning uzatmasini himoyachiilar qaytardi, o'runovning zarbasini ham.

54.Alijonovga nisbatan fol ishlatildi. O'zbekistonda standart vaziyat yuzaga keldi.

49.Chap qanotdan uzatilgan to'pga O'runov eta olmadi.

48.Zarba! Raqiblar xatosidan unumli foydalangan Shomurodov o'z omadini sinab ko'rdi, uning zarbasidan so'ng Bekale to'pni egalladi.

46.Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus.

45.Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

43.Zarba! Hamyurtlarimiz tomonidan yo'llangan zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

37.O'runovning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasini Bekale qaytardi.

36.Gabonliklarning yana bir xavfli zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

35.Hozirgi vaziyatda omad o'zbekistonliklarga kulib boqdi. Dastlab Yusupov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan hujumchining zarbasi darvoza ustunidan qaytdi, ikkinchi zarbani esa himoyachi qaytardi.

33.Gabonlik futbolchining olisdan yo'llagan zarbasini Yusupov mushtlari bilan urib yubordi.

29.Xavfli vaziyat! O'runov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda uning ustidan to'p oshirmoqchi bo'ldi va xato mo'ljal oldi.

28. Markazdagi to'p yo'qotishdan so'ng tezkor qarshi hujum tashkil etgan gabonliklarning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

27.Mezbonlar tomonidan hujumda fol ishlatildi.

26.Hamyurtlarimiz tomonidan yo'llangan zarbani Gabon darvozaboni o'tkazib yubormadi.

20.Mehmonlar qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

17. Raqib hujumini qaytarishda gabonlik himoyachi o'z darvozasini ishg'ol qilishiga bir bahya qoldi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! G'anievning jarima uzatmasidan keyin Shomurodov raqib jarima maydonida epchillik bilan harakat qilib, to'pni darvozaga kiritdi!

12.Burchakdan uzatilgan to'pni mehmonlar himoyachisi bartaraf etdi.

8.Hamrobekovda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo omad yetishmadi.

6.GOL! Gabon tezkor gol urdi. Teddi Averlant hisobni ochdi.

1.O'yin boshlandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia