

Eng katta maoshni "Atletiko" klubi ustozi Diego Simeone oladi. Argentinalik mutaxassis oyiga 2,17 million evro ishlab topmoqda.
Yevropaning yetakchi ligalaridagi eng yuqori maoshli top-10 murabbiylar ro'yxati quyidagicha:
- Diego Simeone ("Atletiko" Madrid) – oyiga 2,17 mln evro
- Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") – oyiga 1,92 mln evro
- Antonio Konte ("Napoli") – oyiga 1,3 mln evro
- Mikel Arteta ("Arsenal" London) – oyiga 1,25 mln evro
- Luis Enrike (PSJ) – oyiga 1 mln evro
- Vensan Kompani ("Bavariya") – oyiga 1 mln evro
- Xans-Diter Flik ("Barselona") – oyiga 910 ming evro
- Massimiliano Allegri ("Milan") – oyiga 800 ming evro
- Jan Pero Gasperini ("Roma") – oyiga 800 ming evro
- Unai Emeri ("Aston Villa") – oyiga 770 ming evro.



