Simeone A Seriya grandi bilan kelishuvga erishdi

Khoja
24 fev 2026
Madridning "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone milanliklar "Inter" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi va u mavsum oxirida jamoani boshqarishi mumkin, deb xabar bermoqda El Chiringuito.

Milan klubi va argentinalik mutaxassis o'rtasidagi kelishuv Ispaniya La Ligasining 25-turida "Atletiko" "Espanol" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozongandan so'ng amalga oshdi. "Inter" Simeonega biryillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Avvalroq Simeone va "Atletiko" sport direktori Mateu Alemani o'rtasidagi munosabatlar qishgi transfer oynasidan keyin yomonlashgani, klub esa yangi bosh murabbiy izlashni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Simeone 2011 yil dekabrdan beri madridliklarni boshqarib kelmoqda. U rahbarligida "matraschilar" ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan va Yevropa Ligasini qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: El Chiringuito