Autsayderdan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng Simeone nimalar dedi?

Khoja
16 fev 2026
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga 24-turi o'yinida "Rayo Valekano"dan 0:3 hisobida yutqazganidan keyin fikr bildirdi.

"Ular bizdan kuchliroq edi, biz esa o'yin davomida hech qanday vaziyat yarata olmadik. Gap intensivlik yoki xohishda emas. Biz yomon o'ynadik, ular esa yaxshiroq o'ynadi, shuning uchun ularda ko'proq imkoniyat bo'ldi. Bizda hujumga o'tish va sifatli so'nggi paslar bo'lmadi. Ular bizdan ustun edi, - deya Simeone so'zlarini Marca keltirmoqda.

La Ligada 24 turdan so'ng "Atletiko" 45 ochko to'plagan va turnir jadvalida 3-o'rinni egallamoqda. "Rayo Valekano" esa 23 o'yindan keyin 25 ochko bilan 17-o'rinda turibdi.


KhojaMuallif
Manba: Marca