Erik ten Xag iste'foga chiqish arafasida

Mirjalol Normatov
31 avg 2025
Bundesliganing 2-turidayoq "Bayer" rahbariyati bosh murabbiyni o'zgartirishni istamoqda.

Klub direktorlar kengashi jamoaning kecha "Verder" bilan durang o'ynaganidan mamnun emas va shu sababli bosh murabbiy Erik ten Xagni himoya qilishni xohlamayapti. Bugungi yig'ilishdan keyin murabbiyning kelajagi borasidagi qaror ma'lum bo'ladi.

"Bayer" ushbu mavsumdagi dastlabki ikki o'yinida mag'lubiyat va durang qayd etdi.

Ma'lumot uchun, "Bayer" ushbu mavsum arafasida tarkibning 9 nafar futbolchisini umumiy hisobda 231 million evro evaziga sotib yubordi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Kicker