

Italiyalik murabbiy tezroq iste'foga chiqish va klubning moliyaviy holatini hisobga olib, tovon pulining bir qismidan voz kechgan. Tomonlar shartnomaning tezroq bekor qilinishini istashgan.
Mareska qo'l ostida "Chelsi" APLdagi eng past natijalaridan birini qayd etdi - bir o'yindan o'rtacha 1,74 ochko. "Chelsi" tarixida ushbu asrda undan faqatgina Maurisio Pochettino (1,66) va Frenk Lempard (1,52) pastroq natijani ko'rsatgan.



