Dortmundning "Borussiya" vingeri ingliz grandlari nigohida

Omonjon To`xtamirzayev
20 yanv 2025, 16:00
Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Jeymi Bayno-Gittens "Chelsi" va "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadlaridan bo'lib turibdi.

"Aristokratlar" o'tgan hafta futbolchi bo'yicha rasmiy taklif yuborib ulgurishdi. "Liverpul" skautlari esa Bayno-Gittensni joriy mavsum avvalidan buyon kuzatib kelishadi. "Borussiya"dagilar xavbek jamoani qishda tark etmasligiga umid qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Bayno-Gittens 17 yoshidan buyon "arilar" tizimida to'p tepadi. Uning shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsum 20 yoshli chap qanot vingeri  barcha musobaqalarni inobatga olganda 26 o'yinda 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma etkazib berdi. "Transfermarkt" Bayno-Gittensni 50 million evroga baholamoqda.

Avvalroq, futbolchi "Borussiya" Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, klubni tark etish ehtimoli yuqoriligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal