"Dinamo" Belarusga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025
"Dinamo" jamoasi bugun, 14 iyuldan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi.

Jamoa dushanba tongida Toshkentdan Minsk shahriga jo'nab ketdi. Vadim Abramov shogirdlari yozgi tanaffusda Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi. 

Samarqand jamoasi xorij yig'ini doirasida 4 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ko'zlangan. Raqib jamoalar va nazorat o'yinlari sanasi haqida keyinroq ma'lumot beriladi. "Dinamo" 12 kunlik yig'indan 26 iyul kuni qaytadi.

Ma'lumot uchun, "Dinam" Superliga 2-davrasining dastlabki o'yinida 2 avgust kuni Samarqandda "Navbahor"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати