Dilshod Rahmatov: "Hozirgi darajamiz Nepal, Afg'oniston, Tojikistondan yuqori"

Sherzod Nurmatov
14 apr 2022, 21:51
Bundan bir necha soatlar oldin O'zbekiston futzal terma jamoasi Bishkekdagi Osiyo chempionati saralash bahslarini yakunlab, yurtimizga qaytib keldi.

Saytimiz muxbiri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bir nechta futzalchimizdan fikr oldi. Quyida Dilshod Rahmatovning fikrlarini e'tiboringizga havola qilamiz.

"Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Bilasiz, Osiyo chempionatiga bosqichma-bosqich chiqiladi. Xudoga shukrki, saralashdan o'tib oldik. To'g'risini aytish kerak, darajamiz Nepal, Afg'oniston, Tojikistondan yuqoriroq. Ulardan kuchlimiz, deb o'ylayman. Shu bois o'yinlarda unchalik katta qiyinchilikka duch kelmadik. Keyingi oy Osiyo chempionatiga qur'a tashlanadi. Mazkur musobaqaga chempionlik uchun boramiz. 

Osiyo chempionatida har bir raqib kuchli hisoblanadi. Agarda finalgacha yetib borsak, Eron bilan to'qnash kelishimiz ehtimoli yuqori", – deydi Dilshod Rahmatov.





Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia