Saudiya Arabistonida ishlayotgan murabbiy "Chelsi"ga kelishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 apr 2026, 17:30
"Al Ahli" bosh murabbiyi Mattias Yayssle nomzodi "Chelsi" tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

38 yoshli nemis mutaxassisi "Al Ahli"da 2023 yilning iyulidan beri ishlab keladi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Jamoa Yayssle qo'l ostida 131 o'yinda 86 marta g'alaba qozongan, 21 ta durang va 24 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Shuningdek, germaniyalik mutaxassis "Zalcburg" va "Lifering" jamoalarini ham boshqargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TeamTalk