O'zbekiston U-17 termasining raqibi Osiyo Kubogida ishtirok etmaydigan bo'ldi

24 apr 2026, 20:36
5-22 may kunlari Saudiya Arabistoni mamlakatida o'tkaziladigan U-17 Osiyo Kubogi guruh bosqich taqvimida o'zgarish yuzaga keldi.

O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan KXDR U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etolmasligi ma'lum bo'ldi.

Shu sababli, O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichidagi ishtirokini 10 may kuni Hindistonga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Keyingi o'yin esa 13 may kuni Avstraliyaga qarshi bo'lib o'tadi.

“D” guruhi

🇺🇿 O'zbekiston
🇦🇺 Avstraliya
🇮🇳 Hindiston


Manba: