Ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi. KXDR Bangladeshga 5 ta gol urdi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2026
O'zbekiston ayollar terma jamoasi joy olgan "B" guruhi 2-turidan o'rin olgan Bangladesh – KXDR bellashuvi yakunlandi.

Unda shimoliy koreyaliklar raqib darvozasiga javobsiz 5 ta to'p yo'lladi va 6 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib oldi. 

Avvalroq O'zbekiston KXDR bilan bahs yuritib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Endi Kotrina Kulbite qo'l ostidagi O'zbekiston bugun Xitoy bilan ro'baro' keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.

Bangladesh – KXDR 0:5

Gollar: Myong YU Jon 45+5', Kim Kyon Yon 45+7', Chae Un Yon 62', Kim Kyon Yon 64', Kim Xe Yon 90'


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia