Devid Bekxem Real Madrid sobiq futbolchisini jamoasiga olib kelmoqchi

Khoja
24 iyun 2024, 11:05
Inter Mayami rahbari Devid Bekxem jamoaga yana bir yulduzni olib kelishni maqsad qilgan.

Futbol afsonasi Real Madrid sobiq futbolchisi Rafael Varan bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan. Fransiyalik futbolchi bilan shaxsan Devid Bekxemning o'zi qiziqib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Varan Manchester Yunayteddagi uch yillik faoliyatidan so'ng yozda erkin agentga aylangandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com