

"Xaverning ikki kun oldin kyetishi - og'ir vaziyat. U o'tgan mavsumda keldi va birinchi chempionligimizni taqdim etdi. U yaxshi inson, ajoyib murabbiy, futbolchilar uni yaxshi ko'rishardi, lekin, albatta, futbol klublarida bunday narsalar sodir bo'lib turadi va biz oldinga qarab intilishimiz kerak. Biz yangi murabbiy topishimiz lozim. Ammo hozircha vaziyat tinchishini kutamiz. Lekin, aytganimdek, jamoaga egalik qilish har doim qiyin", – dedi Bekxem.
"Inter Mayami" MLS muntazam mavsumining Sharqiy konferenciyasi jadvalida etti o'yindan so'ng 12 ochko bilan uchinchi o'rinda ketmoqda.



