Dempsi hakamning yon daftarini yirtib tashlagani uchun uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2015, 18:45
"Sietl" sardori Klint Dempsi "Portlend"ga qarshi AQSH ochiq Kubogidagi o'z harakatlari uchun uzr so'radi.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchi hakamning qaroridan jahli chiqib uning yon daftarchasini yirtib tashladi. Natijada u turnirdan ikki uchrashuvga chetlatildi. Oldinroq u MLSning 3 o'yiniga diskvalifikaciya qilingan edi.

"AQSH Ochiq Kubogidagi harakatlarim uchun uzr so'rayman" - deb yozadi Dempsi o'z "tvitteri"da.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru