Fabricio Romano: "Manchester Siti" himoyachisi yozda jamoani tark etadi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2026, 23:44
"Manchester Siti"ning ko'p yillik himoyachisi Jon Stounz joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoa bilan xayrlashadi.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar mo'ljallangan va u erkin agent sifatida klubdan ketadi. Stounz mavsum yakuniga qadar jamoaga bor kuchi bilan yordam berishni, so'ngra faoliyatida yangi sahifa ochishni rejalashtirgan.

Shu tariqa, angliyalik himoyachi avvalroq kyetishini tasdiqlagan Bernardu Silva kabi iyun oyida "shaharliklar" safini tark etadi.

Ma'lumot uchun, Jon Stounz 2016 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u klub bilan jami 18 ta sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano