"Borussiya" Mukokoning narxini belgiladi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2023, 14:30
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Yussufa Mukokoning transfer narxini belgilab oldi.

Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi o'yinchisi sotuvidan 80 mln evro ishlab olmoqchi. Futbolchining shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.

18 yoshli o'yinchi xizmatlariga "Barselona" va "Bavariya" kabi klublar qiziqish bildirgani ma'lum qilingandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fichajes.net