"Borussiya" forvardi Fransiyaga yo'l oladi

Alisher
4 avg 2024
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Yussuf Mukoko "Marsel"ga o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 19 yoshli Mukoko francuzlar bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Hozirda klublar o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tmoqda. Forvard "Marsel"ga xarid qilish huquqi bilan ijara asosida o'tishi mumkin.

Yussuf "Borussiya"ning bosh jamoasi safida jami 99ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano