"Bayer" va "Fenerbaxche" bosh murabbiylik uchun Postekoglu nomzodini ilgari surmoqda

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025, 16:01
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Ange Postekoglu yaqin orada ishiga qaytishi mumkin.

"Bayer" va "Fenerbaxche" 59 yoshli avstraliyalik mutaxassisni yangi bosh murabbiy etib tayinlash variantini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Bayer" xalqaro tanaffus oldidan Erik ten Xagni jamoa bosh murabbiyligidan bo'shatgan, "Fenerbaxche" esa Joze Mourinyu bilan xayrlashishga qaror qilgandi.

Postekoglu o'tgan mavsum oxirida "Tottenxem"ni tark etganidan keyin ishsiz qolmoqda, 2024/25 yilgi mavsumda u jamoasi bilan Yevropa Ligasida g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com