"Bayer" "Al Qodisiya" yarim himoyachisini 25 mln evroga sotib oldi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025, 19:19
"Al Qodisiya"ning argentinalik yarim himoyachisi Esekel Fernandes Yevropaga ko'chib o'tdi va endi Germaniyada o'ynaydi.

"Bayer" 23 yoshli yarim himoyachining transferini e'lon qildi. Leverkuzenliklar yarim himoyachi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagani haqida jamoatchilikka ma'lum qildi.

Avvalroq leverkuzenliklar yarim himoyachining transferi uchun Saudiya Arabistoni tomoniga 25 mln evro to'lashi kerakligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Maydonda 23 o'yin, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma – bu Fernandesning Saudiya Arabistoni chempionatining so'nggi mavsumidagi ko'rsatkichlari.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bayer04.de