"Bavariya"dagilarning fikricha Virtcning narxi 140 mln. evroga etadi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2025, 21:51
"Bavariya" Florian Virtc uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, Myunxen klubidagilar 21 yoshli yarim himoyachining transferi bu yozda bonuslarni hisobga olganda 130-140 million evroga etadi deb o'ylamoqda.  

Klub bu transferni amalga oshira oladi. Agar futbolchi o'tishga rozi bo'lsa, "Bavariya" "Bayer" bilan muzokaralarni boshlaydi.  

Joriy Bundesliga mavsumida Virtc 26 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport