"Bavariya" Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2023, 20:09
"Bavariya" va Ariyon Ibragimovich yangi shartnoma imzoladi.

17 yoshli germaniyalik yarim himoyachi Myunxen klubi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydi. Bunga qadar futbolchi "Bavariya" asosiy jamoasining Qatardagi yig'inlarida qatnashgandi.

"Bundan g'ururlanyapman. Orzular ushalmoqda. "Bavariya"dagi navbatdagi qadamlarni tashlashni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Ibragimovich.

Ushbu mavsumda Ibragimovich yoshlar Bundesligasi va yoshlar o'rtasidagi ECHlda 16 o'yinda qatnashib, 13 gol va 6 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbayern.com