"Barselona" Bundesliga yulduzlaridan biriga ko'z tikdi

Alisher
1 dek 2024
"Barselona" vakillari Yevropa ligasi 5-tur doirasidagi "Midtyulland" va "Ayntraxt" (1:2) jamoalari o'rtasidagi o'yinga nemis jamoasi hujumchisi Omar Marmushning o'yinini kuzatish maqsadida tashrif buyurishdi.

"Barselona" prezidenti 36 yoshli Robert Levandovskining o'rinbosari bo'la oladigan yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Marmush shunday futbolchilardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 11ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Tipsbladet