“Ayntraxt” navbatdagi transferga qo'l urdi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2022
“Bayer” forvardi Lukas Alario “Ayntraxt”ga o'tdi.

U frankfurtliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Transfer 5 mln evroga amalga oshgani aytilmoqda.

29 yoshli argentinalik o'tgan mavsum Bundesligada 27 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi. U 2017/18 yilgi mavsumdan beri “Baer” sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Avvalroq, “Ayntraxt” PSVdan Mario Gyotceni o'z safiga qo'shib olgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: eintracht.de