"Ayaks" Ibragimovichning o'g'lini "Milan"dan ijaraga oldi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2026
Maksimilian Ibragimovich "Milan"dan "Ayaks"ga o'tdi.

Maksimilian Ibragimovich "Ayaks" a'zosiga aylandi. Niderlandiya klubi 19 yoshli vingerni mavsum yakuniga qadar ijaraga olganini e'lon qildi. Kelishuvda futbolchini 3,5 million evro evaziga to'liq sotib olish bandi ham mavjud.

Zlatan Ibragimovichning o'g'li joriy mavsumda Milan yoshlar jamoasi tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ajax.nl