Atlanta shahri Jahon chempionati davomida O'zbekiston milliy terma jamosi bazasi vazifasini o'taydi

Alisher Ostonov
4 mar 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasi mundial davomida Atlanta shahrida istiqomat qiladi va mashg'ulotlarni “Atlanta Yunayted” klubiga qarashli bazada olib boradi.

Guruhimizdagi jamoalar Portugaliya - Palm Bich Gardensga, Kolumbiya esa Kolumbus shahriga joylashadi. 

Qayd etish joiz, turnir davomida FIFA tomonidan 61 ta lokaciya tanlangan bo'lib, ular musobaqa ishtirokchilarining istiqomat qilishi va mashg'ulot o'tkazishi uchun mo'ljallangan. 

Bazalarga joylashtirish jarayoni terma jamoalarning o'yinlar o'tkaziladigan shahar va stadionlar geografiyasidan kelib chiqib belgilanadi. Guruh bosqichi uchrashuvlari davomida ishtirokchilar boshqa shaharlarga maxsus charter reyslari orqali yetib borib, o'yin yakunlangach o'z bazasiga qaytib kelishadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати