Nafaqat chempionlik uchun kurash: "Arsenal" maydondan tashqarida ham "Manchester Siti"ga chaqiriq tashladi

Sherzod Nurmatov
27 fev 2026
"Atalanta" o'zining yosh istedodi - Onest Aanordan yaxshigina daromad qilishi mumkin. Nigeriyalik himoyachi Angliyaning yetakchi klublari e'tiborini jiddiy tarzda tortdi.

"TEAMtalk" ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli nigeriyalik markaziy himoyachi "Atalanta" safida "Arsenal" va "Manchester Siti"ning asosiy maqsadiga aylangan. Ikki klub yozgi transfer oynasida uni qo'lga kiritish uchun murosasiz kurash olib borishga tayyor.

Xabar qilinishicha, "Arsenal" "Siti"dan o'tib kyetish uchun 35 mln evro miqdorida taklif tayyorlamoqda. "Manchester Siti" ham Aanorni olib kelishga qatiy bel bog'lagan.

Onest "Jenoa"ning yoshlar tizimidagi barcha bosqichlarni bosib o'tgan, so'ng o'tgan yozda 17 mln evroga "Atalanta"ga o'tgan. Bu mavsumda u "Atalanta" safida 25 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 25 mln evroni tashkil etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk