"Biz hech kimdan qo'rqmaymiz": Keyn "Bavariya"ning "Real"ga qarshi o'yinlari haqida

Sherzod Nurmatov
20 mar 2026
"Bavariya" Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvida "Atalanta"ni 4:1 hisobida yirik hisobda mag'lub etdi.

Myunxenliklar chorak finalga yo'l oldi va unda Madridning "Real" klubiga qarshi bahs olib boradi.

"Rekordmaystr" hujumchisi Harri Keyn jamoasining "qirollik klubi"ga qarshi bo'lajak uchrashuvi haqida fikr bildirdi:

"Raqib juda kuchli, kurashga tayyorgarlik ko'rish kerak. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz", – dedi futbolchi Myunxen klubi matbuot xizmatiga.

Jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuv 7 aprel kuni (Yevropa vaqti bilan) Madridda bo'lib o'tadi, javob o'yini esa 15 aprel kuni Myunxenda o'tkaziladi.

Oxirgi bor jamoalar 2024 yil Chempionlar Ligasi yarim finalida to'qnash kelgandi – o'shanda ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga "Real" chiqqan (2:2, 2:1).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com