Andrey Shipilov murabbiylik faoliyatida "Paxtakor"ni mag'lub etmagan

Iskandarov Abdulaziz
4 mar 2026
Bugun Superliganing 2-turida "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o'zaro to'qnash keladi.

Mezbonlar ustozi Andrey Shipilov shu paytgacha ishlagan jamoalari bilan ("Metallurg", "Dinamo") 9 bor "sherlar"ga qarshi maydonga chiqqan va barcha bahslarda imkoniyatni boy bergan. Oxirgi marotaba uning ustozligidagi "Dinamo" 2022 yil Toshkentda "Paxtakor" bilan kuch sinashgan va 2:3 hisobida yutqazgan edi.

Ma'lumot uchun, bugungi qarama-qarshilik 18:45 da start oladi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia