"Andijon" hujumchisi Ozarbayjonga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
"Andijon"ning nigeriyalik hujumchisi Ismoil Akinade faoliyatini Ozarbayjonda davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 

"Andijon"ni tark etgan hujumchi Ismoil Akinade Ozarbayjonning "Gabala" klubiga o'tdi", – deyiladi xabarda.

31 yoshli hujumchi andijoniklar tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia