Anchelotti Braziliya termasida Kaka bilan ishlamoqchi

Administrator
14 may 2025
Anchelotti Kakani Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabiga chaqirmoqda.

Kaka Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabiga a'zo bo'lishi mumkin.

CNN Brasil xabar berishicha, terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sobiq yarim himoyachini o'z yordamchilari safida ko'rishni istamoqda. Italiyalik allaqachon braziliyalik bilan bog'langan.

Kaka "Milan"da Karloning qo'l ostida to'p surgan. Shuningdek, ular 2013 yilda "Real"da bir necha oy birgalikda faoliyat yuritishgan.


AdministratorMuallif
Manba: CNN Brasil