Aleksandr Ejov: "Transferlar oynasida imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutamiz"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2021, 13:01
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Aral Samali" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi





"O'yin haqida gapirish qiyin. Bugun yutishimiz yoki yutqazishimiz ham mumkin edi. Oldinga intilishda davom etamiz. Yutqazsa murabbiy yutqazadi, g'alaba jamoaniki. Barcha aybni bo'ynimga olaman. To'xtab qolish yo'q. Hozirda kimnidir ayblash niyatim yo'q. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Lekin uchrashuvning navbatdagi qismida o'yinni topshirib qo'ydik. Qayerdadir nimadir yetishmadi. "Aral Samali" yaxshi jamoa. Ularga omad tilayman. Moliyaviy holat haqida gapirishni istamayman. Bu jamoani ichidagi vaziyat. Transferlar oynasida yangi futbolchilar olishimiz moliyaviy holatimizga bog'liq. To'g'ri hamma bizdan natija talab qilmoqda, Superligaga chiqishimizni istashmoqda. Imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutamiz",- deydi Ejov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: