

- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs o'ziga yarasha qiziqarli kechdi, chunki o'zbek futbolining eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi kurash olib bordik. G'alaba qozonishni maqsad qilgandik, lekin bunga biroz vaqtli ekan. O'yin "Nasaf" ustunligida kechdi, raqibli deyarli butun uchrashuv davomida vaziyatni nazorat qildi. Ko'proq vaziyatlarni ham "Nasaf" yaratdi. Biz birinchi taymda mutlaqo "tishsiz" ko'rindik. Ko'p narsa o'xshamadi. Xayriyat ikkinchi bo'limda nimadir qilishga erishdik. Gol urdik, bir ochkoni qo'lga kiritdik. "Nasaf" bilan bir ochko yaxshi natija deb o'ylayman. Stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman.
- Javohir Ro'zievning zaxiraga olinishi sababi nimada? U yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi.
- E'tibor bergan bo'lsangiz, biz asosan goldan keyin futbolchi almashtirishni boshladik. Maydon markazini yangilashimiz kerak edi, chunki o'rtadagilar toliqib qoldi. Gol o'tkazib yuborgach, qarshi hujumni uzun to'p uzatishlar orqali yo'lga qo'ydik va buning uchun bizga bo'ydor futbolchilar zarur edi. Taqvim zichligidan ko'p kuch yo'qotyapmiz. Tez-tez rotaciya qilishga to'g'ri kelyapti. Shuning uchun zaxirani amalga oshirdik.
- Ketma-ket o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'ryapsiz?
- Bu o'rinda birinchi navbatda tiklanish muhim rol o'ynaydi. Shundan so'ng futbolchilar holatiga qarab mashg'ulot olib boryapmiz. Eng katta "nagruzka"ni esa jamoamiz shifokorlari olyapti. Chunki futbolchilarni tiklashda ularning mehnati katta.



