

Yig'inda yangilardan Aziz Pirmuhammedov, Nodir Abdixoliqov, Shohjahon Sultonmurodov, Muhammadsafo Fozilov ko'rinish bergan bo'lsa, Tojikistonning "Istiqlol" klubi darvozaboni Nikola Stoshich hali jamoaga kelib qo'shilmagan.
"Xorazm" yig'inni 4 yanvar kuni boshlagan bo'lib, u 14 yanvarga qadar davom etadi. Yig'in doirasida 12 yanvar kuni "Dinamo" bilan o'rtoqlik bahsi tashkil etiladi.



