O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi

Оқил Абдубарноев
22 mar 2026
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari poytaxtimizdagi qarorgohga yetib kelishdi va navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga rasman kirishishdi.

Murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq, futbolchilar bugun faqat tiklanish muolajalari bilan band bo'lishadi. Asosiy maydondagi mashg'ulotlar esa ertadan, yani 23 mart kunidan e'tiboran boshlanadi.


Eslatib o'tamiz, vakillarimiz "FIFA Series" musobaqasi doirasida quyidagi uchrashuvlarni o'tkazadi:

  • 27 mart, 19:00 | O'zbekiston – Gabon

  • 30 mart, 19:00 | O'zbekiston – Venesuela

Har ikkala o'yin ham Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати