

Vadim Abramov shogirdlari yangi mavsumga qizg'in ruhda mashg'ulotlarni davom ettiryapti. Jamoa bugun Rossiyaning SSKA jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. BAAda bo'lib turgan saytimiz muxbiri Jahongir Fayzullaev "Dinamo"ning kechagi mashg'ulotida mehmon bo'ldi va reportaj tayyorladi. Unda Vadim Abramov ham o'z fikrlarini bildirdi.



