"Al Ittihod" Messini istalgan shartlar asosida safiga qo'shib olishga tayyor

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2026
Saudiya Arabistoni klubi prezidenti Anmar Al Hayli ochiq bayonotida Messini jamoasida ko'rishni orzu qilishini va buning uchun misli ko'rilmagan shartlarga borishga tayyorligini aytdi.

Argentina superyulduzi o'tgan kuzda "Inter Mayami" bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirganiga qaramay, Saudiya Arabistonida buni yashirishmayapti: agar 38 yoshli hujumchi bir kuni klubini almashtirish haqida o'ylab qolsa, u erda uni ochiq quchoq bilan kutib olishadi.

Al Haylining so'zlariga ko'ra, "Al Ittihod" uchun zamonaviy futbolning eng etuk o'yinchisi bilan muzokaralarda moliyaviy cheklovlar mavjud emas. Klub rahbari Messiga istalgan muddatga, hatto umrbod shartnoma taklif qilishga ham tayyor ekanini, shuningdek, maosh masalasida to'liq erkinlik berish mumkinligini ta'kidladi.

"Meni raqamlar qiziqtirmaydi. Men faqat bitta narsani xohlayman - Messi "Al Ittihod" libosini kiyishini. U - tarixdagi eng ulug' futbolchi", – dedi Al Hayli.

Lionel Messi 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda va haligacha MLS'ning asosiy ramzi bo'lib qolmoqda. Biroq Saudiya Arabistonida, agar afsona qitani o'zgartirishga qaror qilsa, keyingi qadamni tashlashga allaqachon tayyor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline