Juan Jezus: "Inter" mavsumni yaxshi boshlashi hayron qoldirmadi"

Tolibjon Qosimov
12 sen 2013, 16:45
"Inter" himoyachisi Juan Jezus klub Italiya A seriyasini yaxshi natijalar bilan boshlaganidan xursand.
Milan klubi ikki o'yinda jami 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

– "Inter"ning yaxshi startidan hayratda emasman. Klub uchun yetakchilar safida bo'lish va sovrinlar uchun kurashish tabiiy holdir. Valter Maccarri samarali mehnat qildi va biz rivojlanishda davom etmoqchimiz. Yaqinda "Yuventus"ga qarshi o'ynaymiz – bu juda kuchli jamoa. Ular bitta tarkib bilan uch yildan buyon o'ynab kelishmoqda, – deydi Juan Jezus Goal.com.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net