Xoylund "Manchester Yunayted"dan kyetishga shoshilmayapti

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025
"Manchester Yunayted"ning daniyalik hujumchisi Rasmus Xoylund "Leyptsig"ga o'tish taklifini rad etdi.

"TalkSPORT" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi Germaniyaning "Leyptsig" klubiga o'tishni xohlamagan. Xoylund yo Tumanli Albionda o'ynashda davom etmoqchi yoki o'zi o'ynagan "Atalanta"ga qaytmoqchi. 

Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" skandinaviyalik forvardni 45 million evroga sotishga tayyor. Matbuotda Xoylundga "Milan", "Napoli" va Saudiya Arabistoni jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eslatib o'tamiz, Rasmus Xoylund o'tgan mavsum "Manchester Yunayted" safida Angliya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT