Xavi murabbiylik faoliyatidagi dastlabki o'yinni o'tkazdi

Alisher
22 iyul 2019, 12:29
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Xavi murabbiylik faoliyatidagi dastlabki o'yinini o'tkazdi.

"Al Sadd" o'rtoqlik o'yinlari doirasida Ispaniyaning 4-divizionida ishtirok etuvchi "Palamos" (1:1) klubi bilan durang o'ynadi.

Bu o'yin "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Xavi uchun murabbiylik faoliyatidagi dastlabki bahs bo'ldi.

"Al Sadd" yakunlangan mavsum Qatar chempionati oltin medallariga ega chiqqan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AlsaddSC