Xames Rodriges Zidan, Xavi va Modrichdan yaxshiroq ekanini aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025
Meksikaning "Leon" klubi xavbeki Xames Rodriges o'zini yuqori baholagan holda bayonot berdi.

Kolumbiyalik futbolchi kimni futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi deb bilishini aytdi.

Xames afsonaviy xavbeklar - Zinedin Zidan, Luka Modrich va Xavidan yaxshiroq ekanini aytdi.

"Zidanmi yoki Xamesmi? Zidan juda yaxshi edi, u ayni kuchga to'lgan paytida jahon chempionatida g'olib chiqdi, ammo... Xames.

Menmi yoki Modrich? Men!

Xamesmi yoki Xavi? O'zining praym paytida - Xames," - dedi kolumbiyalik.

Xames Meksikaga ko'chib o'tishdan oldin uzoq vaqt Yevropada o'ynagan. U "Real," "Bavariya" va boshqa bir qator klublarda harakat qilgan. Biroq, u ikkala jamoada ham o'z o'rnini topa olmadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia