Gorecka yozda "Arsenal"ga o'tishga qiziqmoqda

Alisher Ostonov
14 fev 2026
Mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan "Bavariya" xavbeki Leon Gorecka "Arsenal"ga o'tishga qiziqmoqda.

Avvalroq, londonliklar 31 yoshli germaniyalik futbolchini yanvar oyidayoq o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgani, endi esa iyun oyida sotib olishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'lgandi.

Gorecka o'tgan transfer oynasida "Atletiko" taklifini rad etgandi.

Yarim himoyachi Bundesliganing joriy mavsumida 18 ta o'yinda 1 ta gol urdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Bayern Insider